O‘zbekistonliklar mamlakat muzeylariga bepul tashrif buyurishi mumkin
Faqat bir necha kun ichida.

O‘zbekistonda 8-sentyabrga qadar kuzgi muzeylar haftaligi doirasida mamlakat aholisi davlat muzeylariga bepul tashrif buyurishi mumkin.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, davlat muzeylariga boshqa vaqtlarda bepul kirish huquqiga quyidagilar ega:
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalari yoki vasiylari bilan — har seshanba va juma kunlari;
- barcha fuqarolar — har oyning birinchi yakshanbasida Ochiq eshiklar kunida;
- maxsus reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksa yoshdagi fuqarolar, nogironlar va ularga hamrohlik qiluvchi vasiylar.
Avvalroq O‘zbekiston muzeylariga qariyb besh million kishi tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi. Ularning uchdan bir qismini chet ellik sayyohlar tashkil etdi.
Izohlar