O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining 87 foizi an’anaviy yoritish manbalaridan voz kechib, yorug‘lik diodli tizimlarga o‘tgani haqida ITIM matbuot xizmati xabar berdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bu nafaqat elektr energiyasi iste’molini kamaytirishga, balki oilaviy xarajatlarni optimallashtirishga, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi. Bir qator hududlarda bu jarayon ayniqsa faol rivojlanmoqda.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy va Toshkent viloyatlarida yorug‘lik diodli yoritgichlardan foydalanuvchi oilalar ulushi 90 foizdan oshadi. Bu energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va aholining ekologik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligidan yaqqol dalolat beradi.

Ko‘rinib turibdiki, istiqbolda ushbu ijobiy tajriba mamlakatning boshqa hududlari uchun ham namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin, — deyiladi markaz xabarida.

Mavzuga doir: “Do‘zaxga tushasan”: Ilya Varlamov Toshkentdagi LED-ekranlarni tanqid qildi. Rossiyalik blogerning so‘zlariga ko‘ra, bunga shaharni yoqtirmaydigan odam ruxsat bergan.