O‘zbekistonda pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 5,5 trln so‘mga yetdi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 5,5 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,1% ga oshgan. Hududlar kesimida ushbu xizmat turlarining hajmi:
- Qoraqalpog‘iston – 64,9 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 291,7 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 66,3 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati – 42,7 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 300,5 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati – 34,6 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati – 161,1 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati – 602,4 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 62,1 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 41,3 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati – 433,5 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 420,4 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 80,5 mlrd so‘m;
- Toshkent – 2,9 trln so‘m.
Eslatib o‘tamiz, ba’zi kuryerlar velosipedlarga o‘tkazilgan. Savdo-sanoat palatasi umumiy ovqatlanish sohasida kichik va o‘rta biznes subyektlariga yordam berishga qaror qildi.





















