O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Toshkentda ham bayram munosabati bilan “otliqlar paradi” bo‘lib o‘tadi.

5-dekabr kuni Adliya vazirligi Konstitutsiya kuni munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam olishini ma’lum qildi.

8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan xodimlar dam oladilar:

  • 6-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
  • 7 dekabr (yakshanba) — dam olish kuni;
  • 8-dekabr (dushanba) — Konstitutsiya kuni.

Bundan tashqari, 6-dekabr kuni soat 15:00 da Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan “Otliq askarlar paradi” bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’tilning boshlanish sanasi aytilgan. Kichik sinf o‘quvchilari bir kun ko‘proq dam oladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная