O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatlarga sayohat qildi?

O‘zbekistonlik sayyohlarni eng kam Vyetnam jalb qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida 3,5 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy mamlakatlarga safar qilgan.

Aholi soni 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 810 ming nafarga yoki 29,7 foizga oshgan. Joriy yilning 6 oyida xorijiy davlatlarga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni mamlakatlar kesimida:

  • Qirg‘iziston – 1 527 303 nafar;
  • Qozog‘iston – 664 669 nafar;
  • Tojikiston – 631 660 nafar;
  • Rossiya – 230 412 nafar;
  • Saudiya Arabistoni – 145 294 nafar;
  • Turkiya – 102 000 nafar;
  • BAA – 72 729 nafar;
  • Misr – 30 959 nafar;
  • Tailand – 16 671 nafar;
  • Vyetnam – 16 179 nafar;
  • Boshqa davlatlar – 102 622 nafar.

Avvalroq O‘zbekistonda sayyohlar mehmonxonaga pasportsiz joylashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Yagona milliy turizm platformasida yangi funksiya paydo bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная