O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar ko‘proq qayerga sayohat qilmoqda — statistika

Sayohatlar uchun eng mashhur yo‘nalishlar MDH mamlakatlari bo‘ldi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon 5,2 million o‘zbekistonlik chet elga sayohat qilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston eng mashhur sayohat yo‘nalishiga aylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida 2,3 million o‘zbekistonlik ushbu mamlakatga tashrif buyurgan. Ikkinchi o‘rinda 956 ming kishi tashrif buyurgan Qozog‘iston joylashgan. Kuchli uchlikni Tojikiston yakunlaydi, unga O‘zbekistondan 887,9 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Keyingi o‘rinda MDH davlatlari orasida Rossiya bo‘lib, uni sayohat qilish uchun 312,7 ming kishi tanlagan. Qolgan davlatlar quyidagicha joylashdi:

  • Turkiya — 181,7 ming;
  • Saudiya Arabistoni — 165,7 ming;
  • BAA — 94,2 ming;
  • Misr — 45,4 ming;
  • Vyetnam — 28,5 ming;
  • Xitoy — 27,6 ming.

Yana 162,4 ming o‘zbekistonlik sayohat uchun boshqa yo‘nalishlarni tanlagan. Qayd etilishicha, joriy yilda sayyohlar oqimi 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln nafarga yoki 26,8 foizga oshgan.

Avvalroq O‘zbekistonda xorijliklar davlat xizmatlari portali orqali vizani onlayn tarzda uzaytirishi mumkinligi xabar qilingandi. Murojaat qilish uchun vizani uzaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная