O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar havo sovishidan oldin isinib olishga ulguradi — haftalik prognoz

Ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.

27–31-oktyabr kunlari O‘zbekiston aholisini biroz sovuq kutib turibdi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet axborot xizmati.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, 28-oktyabrda mamlakat hududiga salqin havo kirib keladi. Ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Mamlakatning baland tog‘li hududlarida qorga aylanishi mumkin. Havo harorati pasayadi va 20-23 daraja atrofida bo‘ladi.

29-oktyabrda ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Dam olish kunlariga yaqin chang-to‘zonli shamol biroz kuchayishi mumkin. Harorat foni kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yordan 3-5° ga yuqoridir.

Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi, 28 oktyabr kuni kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. 29-30 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 22-25° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная