O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar havo sovishi oldidan isiydi — haftalik ob-havo ma’lumoti

Sinoptiklar yog'ingarchilikni bashorat qilmaydi.

Butun ish haftasi davomida O‘zbekiston hududida quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik bo‘lmasligi haqida O‘zgidromet ma’lum qildi.

Harorat foni iqlim me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi hafta boshida 20-25 daraja, hafta oxiriga kelib 23-28o gacha, janubda va cho‘l hududlarda 30-32o gacha ko‘tariladi.

10-oktyabr, juma kuni shimolda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.

6-oktyabr kuni havo harorati kunduzi 22-24o issiq bo‘ladi. Hafta davomida esa kechasi 9-12o iliq, kunduzi 23-26o issiq atrofida saqlanadi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная