O‘zbekistonliklar 9-may kuni qancha dam oladi?
Xotira va qadrlash kuni uchun dam olish juma kuni bo'ladi.

2025-yil may oyida 5 kunlik ish haftasiga ega ishchilar 2025-yil uchun ish vaqti taqvimiga ko’ra ketma-ket uch kun dam olishlari mumkin bo’ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-may bayrami – Xotira va qadrlash kuni juma kuniga to‘g‘ri keladi va shu sababli haftaning ushbu kuni dam olish kuni hisoblanadi.
Olti kunlik ish haftasiga ega ishchilar 5 kun dam oladi: 4-may; 9 may; 11 may; 18 may; 25-may.
Besh kunlik ish haftasiga ega ishchilar 10 kun dam oladi: 3 may; 4 may; 9 may; 10 may; 11 may; 17 may; 18 may; 24 may; 25-may.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 9-may kuni Toshkentda bayramona salyut bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi. Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Izohlar