O‘zbekiston

O‘zbekistonlik tadbirkor Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi

Bunga uning egalik qilgan zavod mahsulotlari Rossiya Qurolli Kuchlari uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkinligi haqidagi shubhalar sabab bo‘lgan.

Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni monitoring qilish veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik biznesmenning mahsulotlari Rossiya Qurolli Kuchlari uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkinligi haqidagi gumon bilan uni 19-raund sanksiyalariga kiritdi.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston, Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan biznesmen Rustam Mo‘minov Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketiga kiritilgan. Yevropa Ittifoqining tushuntirishicha, 60 yoshli biznesmenga tegishli bo‘lgan Farg‘ona paxta sellyulozasi fabrikasi, Farg‘ona Kimyo Zavodi mahsulotlari Perm va Qozon porox zavodlariga yetkazib berilgan va Rossiya qurolli kuchlari uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish Yevropa Ittifoqi ichidagi aktivlarni muzlatish, kirishni taqiqlash va Yevropa kompaniyalari va muassasalari bilan har qanday moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni anglatadi.

Avvalroq O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchragani haqida xabar berilgan edi. Kompaniya allaqachon AQSH va Buyuk Britaniyada cheklovlarga uchragandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная