O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi
Aniqlangan yangi turlarga Microdera uzbekistanica hamda Microdera abdullohi deb nom berilgan.

O‘zbekistonlik olimlar Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fan uchun yangi bo‘lgan qo‘ng‘iz turini kashf etdi.
Ta’kidlanishicha, muallif rossiyalik ustozi, entomolog olim Maksim Nabojenko bilan birgalikda bir necha yillardan buyon O‘zbekiston entomofaunasini tadqiq qilib kelmoqda. Izlanishlar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidan ikkita fan uchun noma’lum bo‘lgan qo‘ng‘iz turini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Aniqlangan yangi turlarga Microdera uzbekistanica hamda Microdera abdullohi deb nom berilgan.
Bu turlar Tenebrionidae oilasiga mansub bo‘lib, M.uzbekistanica turi Kuljuktog‘ hududida (Buxoro va Navoiy viloyatlari) M.abdullohi turi esa Sulton-Uvays tog‘i hududida (Qoraqalpog‘iston) tarqalgan. Asosan tunda faollashadigan bu turlar quruq muhit uchun juda moslashgan endemiklardir. Mazkur urug‘ turlari butun dunyo bo‘yicha 88 tani tashkil qilib, bu ko‘rsatgich endi yana 2 taga ko‘paydi, deydi Norbek Bekchanov.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Buxoroda qiymati 270 mln soʻmdan ziyod boʻlgan tabiiy gaz oʻgʻirlandi Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda
Soʻnggi yangiliklar







