O‘zbekistonlik dzyudochining raqibi doping tufayli Olimpiadadan chetlatildi
Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyevning Parij-2024 olimpiadasi 1/16 finalidagi raqibi doping sabab musobaqadan chetlatildi.

Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan iroqlik dzyudochi Sajjod G‘anim Sihin doping tufayli Parij-2024 olimpiadasidan chetlatildi.
28 yoshli sportchining qonida metandiyenon va boldenon taqiqlangan moddalari topilgan. Bu 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida doping iste’mol qilgani uchun diskvalifikatsiya qilingan birinchi holatdir.
Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabariga ko‘ra, sportchining qon tahlili 23 iyul kuni Parijda olingan. Laboratoriya tekshiruvi natijalari 25 iyul kuni ma’lum bo‘lgan. Sajjod G‘anim Sihin ITA qarori ustidan Sport arbitraj sudiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Iroqlik sportchi 81 kg vazn toifasida ishtirok etishi, 30 iyul kuni 1/16 final bosqichi doirasida o‘zbekistonlik Sharofiddin Boltaboyev bilan jangi rejalashtirilgandi. Endi o‘zbekistonlik dzyudochi to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshisi boʻlishga daʼvogarlik qilmoqda Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov diskvalifikatsiya qilindi Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi ishtiroki tanqidlarga sabab bo‘lmoqda Qozogʻiston boks boʻyicha milliy jamoaning barcha murabbiylarini vasifasidan ozod qildi Olimpiada sovrindorlarining murabbiylari ham mukofotlandi
Soʻnggi yangiliklar







