O‘zbekiston

O‘zbekistonga yoz jaziramasi qaytadi: 1-iyun uchun ob-havo

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonga yoz jaziramasi qaytadi: 1-iyun uchun ob-havo

1-iyun kuni O‘zbekistonda havo issiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘larda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 30-32° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22° iliq, kunduzi 34-39° issiq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20° iliq, kunduzi 32-37° issiq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°;
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20° iliq, kunduzi 32-37° issiq bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi;
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid