17 Dekabr 2024, 13:07 Oʻzbekiston

O‘zbekistonga yana sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda

“Oʻzgidromet” hafta oxirida respublika hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelayotganini maʻlum qildi.

O‘zbekistonga yana sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda

Joriy yilning 20–22-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, 20–21-dekabr kunlari respublika boʻyicha baʻzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli boʻlishi mumkin.

Shamol tezligi baʻzi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi.

21–22-dekabr kunlari havo harorati kechalari –7/–10 darajagacha, kunduz kunlari 0/–3 darajagacha pasayadi.

Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.

Mashhur yangiliklar