O‘zbekistonga Pokistondan olib kirilgan mandarinlarda zararkunanda aniqlandi
Pokistondan mandarin eksporti uchun import karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Pokistondan O‘zbekistonga import bo‘lgan mahsulot uchun rasmiylashtirilgan 30 dan ortiq fitosanitar sertifikat qalbaki ekanligi aniqlandi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, har yili qish mavsumida respublikada sitrus mevalariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib, mazkur turdagi mahsulotlarning import hajmi ortadi. Mevalarning katta qismi O‘zbekistonga Pokistondan import qilinadi. Tabiiyki, olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotlar karantin nazoratidan o‘tkaziladi.
Bir necha kun avval “Ayrtom” chegara o‘tkazish punkti orqali 26 ta transport birligida Pokistondan olib kirilgan mandarin partiyasida karantinosti zararkunanda borligi ma’lum bo‘ldi. Mahsulotlardan namunalar olinib, agentlikning Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertiza o‘tkazildi. Tahlil natijasida import mevada “Qizil pomeranes” qalqondori mavjudligi aniqlandi.
Mazkur turdagi hasharot limon, xurmo, anjir, olma, olxo‘ri, zaytun, uzum kabi o‘simliklarning shirasi bilan oziqlanib, ularning hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Asosan Pokiston, Afg‘oniston, Jazoir, Angola, Gvineya, Misr, Tanzaniya, Janubiy Afrika hududida tarqalgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar







