Oʻzbekistonga pnevmatik qurol olib oʻtayotgan shaxs ushlandi
Shuningdek, u oʻtirgan mashinaning old oʻrindiqlari orasidan vazni salkam 3 kg boʻlgan ov miltigʻining oʻq kapsulalari ham topilgan.
Samarqand viloyati “Dovut-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy pnevmatik qurollar va o‘qlar olib o‘tilayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yo‘lovchi tomonidan 1 dona 4.5 mm pnevmatik to‘pponcha, 2 dona gazballon, 1 dona tozalash uchun mo‘ljallangan anjom, 2 dona o‘qdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun o‘qlarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari, qo‘shni davlatdan mamlakatga kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklaridan 1 dona gazballonli to‘pponcha, 11 dona gazballon, 1 dona o‘qdon, 1 dona pnevmatik to‘pponcha uchun g‘ilof va 2000 dona pnevmatik to‘pponcha uchun temir sharikli o‘qlar borligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, transport vositasining oldi tomonidagi o‘rindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsulalarini xufiyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda traktor tirkamasi va ikkita mashina ishtirokida YTH yuz berdi Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov jarimaga tortildi Samarqandda fuqaroni Qozogʻistondagi OTMga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan shaxs ushlandi Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Samarqand arxitektura-qurilish instituti hududida yongʻin yuz berdi