O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilayotgan iPhone 16’lar ushlab qolindi
Farg‘ona viloyatida chegaradan noqonuniy olib o‘tilayotgan 44 dona iPhone 16 Pro Max ushlab qolindi.
Farg‘ona viloyatida bojxona xodimlari 900 million so‘mlik iPhone 16 Pro Max’larning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishdi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Bojxona boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda chegaradosh hududda avvaldan tezkor kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi Lacetti avtotransport to‘xtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Ushbu avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 44 dona iPhone 16 Pro Max uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi Fargʻonadagi ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola aroq sotilayotgani aniqlandi