O‘zbekistonga kelgan falastinlik bolalar davlat maktablari va bolalar bog‘chalariga joylashtiriladi
Qabul navbatsiz bo‘ladi va barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.

Falastindan kelgan bolalar yashash joyidagi davlat maktablari va bolalar bog‘chalariga joylashtiriladi, deyiladi prezident farmonida.
Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, oilalar 2028-yil 1-yanvargacha bolalar bog‘chalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga qabul navbatdan tashqari — “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari so‘rovlari asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, falastinlik bolalarga davlat maktablarida kasbiy tayyorgarlik, axborot texnologiyalari va oliy o‘quv yurtlariga kirishga tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha bepul qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. O‘qishning barcha xarajatlari davlat byudjetidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Falastindan qabul qilgan qochqinlar orasida erkaklar ham bor edi. Qutqarilganlar barcha sharoitlarga ega sanatoriyga joylashtirildi, ular xalqqa va prezidentga minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga doir: “Ikki xil standart”: Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi mojaroga to‘xtaldi Prezident mojaroni hal qilishning yagona yo‘li mustaqil Falastin davlatini tuzish ekanligini aytdi.
Izohlar