O‘zbekistonga jazirama issiq qaytmoqda
Ayrim hududlarda chang-to‘zonli shamol bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz, lekin chang-to‘zonli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
8-10 avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bugun kunduz kuni havo harorati 35-37o, janubda 40o gacha ko‘tariladi, bu avgust oyining birinchi o‘n kunligidagi iqlimiy me’yorlarga yaqin.
Dam olish kunlari issiq kuchayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat 37-40o, janubda 42o gacha bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-avgustda respublika shimolida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 8 avgustda 35-37°, 9-10 avgustda 37-39° bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonni uzoq davom etadigan “qizil darajali” magnit bo‘roni qoplaydi. Eng kuchli qo‘zg‘alishlar ertalab sodir bo‘lishi kutilmoqda.
Izohlar