O‘zbekiston

O‘zbekistonga issiq havo qaytadi: haftalik ob-havo

Havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi.

25-29-avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarila boshlaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

O‘tgan dam olish kunlaridagi komfot harorat fonidan so‘ng, 25-avgustdan O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarila boshlaydi va butun ish haftasi davomida 36-39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.

Shu kunlarda respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Toshkentda: havo ochiq, quyoshli. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kunduzi 36-39°, kechasi 21-24° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная