O‘zbekistonga 40 daraja issiq fonida yomg‘ir yog‘adi
Xavf to‘rtta hududda e’lon qilindi.

Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni ob-havo yomonlashishi haqida zudlik bilan ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 20-22-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan tog‘da yashovchi yoki dam olayotgan fuqarolardan ehtiyot bo‘lish so‘raldi.
Xavf quyidagi hududlarda e’lon qilindi:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlari bo‘yicha;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida.
Bundan tashqari, mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkin.
Izohlar