O‘zbekistondan Xitoy va Rossiyaga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Transport vazirligi O‘zbekistondan Xitoy, Rossiya va qo‘shni davlatlarga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilishini maʻlum qildi.
Transport vazirligi yoʻlovchi tashish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tashuvchilarni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoyga avtobus qatnovlarini tashkil etishda hamkorlikka chaqirdi.
Qayd etilishicha, xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yoʻlovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida respublikaning turli hududlaridan quyidagi xalqaro yoʻnalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda:
Qozogʻistonga
- Buxoro—Turkiston;
- Urganch—Oqtov;
- Fargʻona—Olmaota (Tojikiston orqali).
Tojikistonga
- Samarqand—Dushanbe;
- Buxoro—Dushanbe.
Qirgʻizistonga
- Andijon—Oʻsh;
Andijon—Jalolobod;
Andijon—Arslanbob;
Kosonsoy—Jalolobod;
Buxoro—Bishkek.
Rossiyaga
- Surxondaryo—Buxoro—Urganch—Nukus—Moskva;
- Urganch—Nukus—Ufa;
- Nukus—Krasnodar;
- Toshkent—Ufa;
- Toshkent—Krasnodar.
Xitoy Xalq Respublikasiga
- Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi.
“Muntazam xalqaro yoʻnalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar tomonidan yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirish istagidagi xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda Transport vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, boshqa muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishlarida faoliyat yuritish istagidagi tashuvchilar xorijiy tashuvchilar bilan paritet asosida ishlashga kelishgan holda, vazirlikka oʻz takliflarini kiritishlari mumkinligi maʻlum qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent avtobuslarida yoʻl haqini naqd pulda toʻlaganlar jarimaga tortilishi rad etildi O‘zbekistonda Milliy turizm yagona platformasi ishga tushiriladi O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz sayohat qilishi mumkin Xitoyda qiyin vaziyatda qolgan 40 nafarga yaqin o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi 2025-yilda metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi