O‘zbekistondagi yolg‘iz keksalar soni ma’lum qilindi
O‘zbekistonda qancha o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar borligi ochiqlandi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekistondagi yolg‘iz keksalar sonini ma’lum qildi.
Keltirilishicha, 2023-yil 1-sentyabr Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimining “Yolg‘iz keksa” moduli ishga tushirilib, unda 2023-yil 1-oktyabr holatiga jami 18 928 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lgan.
2023-yil 1-oktyabr – 2024-yil 31-iyul holatiga reyestrga 4647 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs kiritilgan va 6287 nafari reyestrdan chiqarilgan. 2024-yil avgust oyi holatiga ko‘ra, 17 288 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs ijtimoiy-maishiy xizmatlardan foydalanib kelmoqda.
Bunda ularning 7939 nafari yolg‘iz yashovchi keksalar, 2306 nafari yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar, 4703 nafari yolg‘iz kekslar va 2340 nafari yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili boʻldi Ijtimoiy himoya agentligiga yangi vakolat berildi Usmon Sharifxo‘jayev Ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi Xitoyda qarovsiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi