31 Yanvar 2025, 16:21 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

O‘zbekistondagi uchta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi

Britaniyaning Times Higher Education tashkiloti talqiniga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ilk bor dunyoning eng nufuzli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

O‘zbekistondagi uchta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi

Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʻlumotiga koʻra, reytingda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600 oʻrinlar oraligʻida qayd etildi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti esa Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800 oʻrinlar oraligʻida oʻz oʻrnini topdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Taʻlim yoʻnalishida 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi.

Dunyodagi eng nufuzli tabiiy fanlar universitetlari roʻyxatida Kaliforniya universiteti, Garvard, Stenford va Massachusets texnologiya instituti (MIT) yetakchilik qilmoqda. Eng yaxshi IT universitetlar reytingida Oksford, Kembrij va MIT eʻtirof etilgan.

Times Higher Education reytingi 11 toifani qamrab oladi. Tashkilot ekspertlari universitetlarni oʻqitish sifati, talabalar va bitiruvchilarning istiqbollari va boshqa parametrlar asosida baholaydi.

Mashhur yangiliklar