19 Sentabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

O‘zbekistondagi ikkilamchi uy-joy narxlarida oshish kuzatildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari biroz oshganini ma’lum qildi.

O‘zbekistondagi ikkilamchi uy-joy narxlarida oshish kuzatildi

O‘zbekistonda 2024-yil avgust oyida ko‘chmas mulk bozori faoliyatida biroz pasayish kuzatildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

Unga ko‘ra, avgust oyida 22,2 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga olingan, bu iyul oyiga nisbatan 3,5 foizga kam bo‘lib, savdolar soni 23 mingtani tashkil etgan.

Hududlar kesimida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning eng katta pasayishi Sirdaryo (22,6 foiz) va Xorazm viloyatlarida (13,2 foiz), shuningdek Toshkent shahrida (9,7 foiz) qayd etildi.

Mashhur yangiliklar