O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Silkinish kuchi 4 ballgacha bo‘lgan.

6 oktyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston FVV huzuridagi seysmomarkaz ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan.
Zilzila epitsentrida 7 ball, O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Namangan viloyatida 3-4 ball, 106 km.
- Andijon viloyatida 3 ball, 144 km.
- Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 176 km.
- Toshkentda 2-3 ball, 199 km.
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 275 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 199 km shimoli-sharqda. Magnituda: 5,7. Episentr: Jalolobod, Qirg‘iziston Respublikasi. Koordinatalar: 41,94 N, 71,43 E
Avvalroq, o‘zbekistonliklarga zilzilalarda o‘zini qanday tutish kerakligi o‘rgatilishi haqida xabar berilgandi. FVVda mobil ilova ishlab chiqilib, hududlarda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Izohlar