O‘zbekiston

O‘zbekistonda yo‘l qurishdan oldin o‘ylay boshlashadi

Deputatlar g‘oyani konseptual jihatdan ko‘rib chiqdi.

8-iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

Hujjatda birinchi marta “avtomobil yo‘llarini rejalashtirish” mexanizmi joriy etilishi kerak, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish faqat aholi va iqtisodiyot ehtiyojlariga muvofiq amalga oshiriladi. Loyihalashtirishda jamoatchilik fikri va atrof-muhitga ta’sirini inobatga olish, piyodalar uchun to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha qat’iy talablar belgilanmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan kommunikatsiya tarmoqlari ta’mirlangandan yoki yotqizilgandan keyin yo‘llarni tiklash xarajatlarini majburiy qoplash joriy etilmoqda. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakati tartibga solinadi. Xizmat ko‘rsatish obyektlarini maxsus ajratilgan va yo‘l bo‘yi hududlarida joylashtirish talablari belgilanmoqda.

Loyiha pulli yo‘llarni yaratishning huquqiy asoslarini tasdiqlaydi, investorlar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

Hujjat birinchi o‘qishda qabul qilinib, davlat boshqaruvi sohasini yanada takomillashtirish, avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilash hisobiga mavjud avtomobil yo‘llari tarmog‘ini uzoq muddatga saqlab qolish, pullik yo‘llar tarmog‘ini yaratish, shuningdek, sohaga investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan.

Avvalroq sun’iy intellekt Toshkentda yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarni kamaytirishga yordam berishi haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная