O‘zbekistonda yil oxirigacha Ai-80 benzini sotuvi butunlay cheklanadi
Prezident farmoni bilan yil oxirigacha Ai-80 benzinidan foydalanish va sotishni cheklash uchun “barcha kuchlarni safarbar qilish” belgilandi.

O‘zbekiston yil oxirigacha Ai-80 benzinidan foydalanish va sotishni cheklash uchun “barcha kuch va resurslarni safarbar etish” niyatida. Shu bilan birga, aholi “sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i” bilan ta’minlanishi kerak.
Bu haqda prezidentning 30-yanvardagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida so‘z boradi.
Yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlarida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mazutdan yoqilg‘i sifatida foydalanish ham to‘liq taqiqlanadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari mustasno.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonga quvur orqali Qozog‘istondan benzin tashiganlar ushlandi O‘zbekistonda Ai-80 benzini sotuvi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin O‘zbekistonda birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi to‘rt barobar oshirildi Birjaga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi Andijonda 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yubordi
Soʻnggi yangiliklar







