6 Dekabr 2024, 19:20 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etilmoqda

O‘zbekistonda “Baland piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi joriy etiladi.

O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etilmoqda

O‘zbekistonda yo‘llarda xavfsizlikni oshirishga qaratilgan “Baland piyodalar o‘tish joyi” yangi yo‘l belgisi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 noyabr kuni qabul qilingan “Yo‘l harakati qoidalariga piyodalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, “Baland piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi joriy etilmoqda. Yangi yo‘l belgisi shaharlar va aholi punktlarining ko‘chalarida, davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarning yoritilgan uchastkalarida 30 km/soat tezlik chegarasida joylashtiriladi.

Bundan tashqari, u ko‘rish imkoniyati cheklangan chorrahalarda va “Bolalar” belgisi bilan qoplangan maydonlar oldida o‘rnatiladi. Belgi bilan birga yangi yo‘l chiziqlari ham chiziladi.

Qaror bilan Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ikki oy muddatda 2025-2026 yillarda belgi o‘rnatiladigan joylar ro‘yxatini tasdiqlash topshirilgan.

Qaror kecha, 5 dekabrdan kuchga kirgan.

Mashhur yangiliklar