22 Yanvar 2025, 17:55 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda yangi OTM tashkil etiladi

Oliygohda raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.

O‘zbekistonda yangi OTM tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Cyber university davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Yangi oliygoh axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

Unda raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar qayta tayyorlanadi va malakasini oshiradi. O‘quv jarayoni xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilishi kerak.

Mashhur yangiliklar