16 Mart 2025, 10:04 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 100 mingdan oshdi

2018-yilda O‘zbekistonda 14 mingga yaqin bola xususiy maktabga borardi. 2024 yilga kelib, ularning soni 112 mingdan oshgan. Xususiy maktab o‘quvchilari o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 75 foizga oshgan. Farzandi xususiy maktabga boradigan ota-onalar daromad solig‘idan imtiyozga ega.

O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 100 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 2024/25 o‘quv yilining boshlanish payti holatiga, xususiy maktablarda o‘qiyotgan o‘quvchilar soni 112 ming 93 nafarga yetdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu – o‘tgan o‘quv yilida qariyb 2 barobar, 2018/19 o‘quv yili boshiga nisbatan esa 8,1 barobarga ko‘proq.

Yillar kesimida nodavlat maktablarda o‘quvchilar soni:

  • 2018/19 – 13 769 nafar;
  • 2019/20 – 21 042 nafar;
  • 2020/21 – 26 970 nafar;
  • 2021/22 – 30 553 nafar;
  • 2022/23 – 45 927 nafar;
  • 2023/24 – 64 010 nafar;
  • 2024/25 – 112 093 nafar.

Hozirgacha eng katta o‘sish 2024/25 o‘quv yiliga to‘g‘ri keladi: bir yil oldingiga nisbatan xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 75 foizga ko‘paygan.

Pandemiya yilida esa o‘sish sekinroq bo‘lgan. Umumiy tendensiyaga qaralsa, oxirgi 6 yilda xususiy maktab o‘quvchilari soni o‘rtacha yillik hisobda juda tez o‘sgan – 43,1 foiz.

Mashhur yangiliklar