O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 18 mingdan oshdi O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 18 mingdan oshdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 18 164 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 4 247 tasi qo‘shma korxonalar, 13 917 tasi xorijiy korxonalardir. So‘nggi besh yilda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1,9 barobar ko‘paydi.

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 mamlakat:

  • Xitoy — 5 044;
  • Rossiya — 3 181;
  • Turkiya — 2 137;
  • Qozog‘iston — 1 212;
  • Janubiy Koreya — 693;
  • Afg‘oniston — 635;
  • BAA — 414;
  • Tojikiston — 389;
  • Hindiston — 375;
  • AQSH — 340.