11 Yanvar 2025, 17:30 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda xalqaro avtobus yo‘nalishlari soni 36 tadan 40 taga yetkaziladi

shuningdek, viloyatlararo 10 ta yangi yo‘nalishda katta hajmli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda xalqaro avtobus yo‘nalishlari soni 36 tadan 40 taga yetkaziladi

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Xalqaro va viloyatlararo yo‘nalishlarda harakat xavfsizligi ta’minlanadi xamda turistik yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarining ulushini oshirish maqsadida yangi yo‘nalishlar ochiladi.

Xalqaro avtobus yo‘nalishlari soni 36 tadan 40 taga yetkaziladi. Masofasi 400 kmdan oshiq bo‘lgan viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yangi 10 ta yo‘nalishda katta hajmli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Qirg‘iziston, Tojikiston, davlatlari bilan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlashda Ye-Permit axborot tizimi joriy etiladi. Respublikada yuk tashuvlari va logistika xizmatlarini raqamlashtirish orqali ta’minot zanjiri ishtirokchilari uchun mavjud Ye-logistika axborot tizimi mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Aholi va sayyohlarga qulayliklarni yanada oshirish maqsadida temiryo‘l chiptalarini onlayn elektron tizim orqali sotish jarayoni 85 foizga yetkaziladi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tizimida temiryo‘l chiptalarini mobil ilova va elektron to‘lov tizimlari orqali sotish rivojlantirilib, onlayn elektron tizim orqali sotish hajmini 85 foizga yetkazish choralari ko‘riladi. Temiryo‘l chiptalarini sotish shaffofligi ta’minlab boriladi.

Mashhur yangiliklar