Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida veterinariya xizmatlari hajmi 246,2 mlrd so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 34,5% ga oshgan. Hududlar kesimida veterinariya xizmatlari hajmi:

  • Toshkent — 129,6 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati — 59,7 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati — 13,5 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati — 9,7 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati — 8,8 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati — 6,4 mlrd so‘m
  • Farg‘ona viloyati — 3,8 mlrd so‘m
  • Navoiy viloyati — 2,4 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati — 2,4 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati — 1,9 mlrd so‘m
  • Qoraqalpog‘iston — 1,3 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati — 1 mlrd so‘m
  • Sirdaryo viloyati — 0,7 mlrd so‘m

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda haydovchi mushukni urib yuborib, uning egasini kapotda aylantirib yuborgan edi. Erkak jabrlangan uy hayvonini veterinarga olib borish iltimosiga javoban ayolni bosib ketgan.