O‘zbekiston

O‘zbekistonda tuyalar sanab chiqildi

Bu hayvonlarning aksariyati dehqon va yordamchi xo‘jaliklarda saqlanadi.

2025-yil 1-yanvar holatiga respublikada tuyalarning umumiy bosh soni 17,6 ming boshni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi axborot xizmati.

Ularning soni xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha quyidagicha:

  • fermer xo‘jaliklarida — 4,7 ming bosh;
  • dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida — 10,1 ming bosh;
  • qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda — 2,8 ming bosh.

O‘zbekistonda tuya asosan tuyachilik mahsulotlari (sut, go‘sht, jun) olish, shuningdek, cho‘l va yarim cho‘l hududlarida yuk va transport vositasi sifatida foydalanish uchun boqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bolalar shirinliklari to‘plamidan “glyutensiz tuya tuxumi” topilgandi. Ekstravagant saqich ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ajratib qo‘ygan. Ba’zilar bunday bolalar shirinliklarining mavjudligi nomaqbul ekanligini aytishdi, ba’zilar esa bunday mahsulotga hazil bilan munosabatda bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная