O‘zbekistonda tug‘ilish kamaymoqda
O‘lim ko‘rsatkichi esa, aksincha, o‘sib bormoqda.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 405,5 ming bola tug‘ilgan.
Tug‘ilgan chaqaloqlarning umumiy sonidan: 209,6 ming nafari o‘g‘il bolalar; 195,9 ming nafari qizlar. Shaharda 197,8 ming, qishloqda 207,7 ming bola tug‘ilgan. 2024-yilning shu davriga nisbatan tug‘ilish ko‘rsatkichi 14,4 ming nafarga kamaygan.
Shu bilan birga, ko‘rsatilgan davrda qayd etilgan o‘limlar soni 84,1 mingtani tashkil etdi: 46,2 ming erkak va 37,9 ming ayol. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan vafot etganlar soni 2,7 ming kishiga oshgan.
Avvalroq, insoniyatga tug‘ilish darajasining pasayishi tahdid solishi haqida xabar berilgan edi. Past ko‘rsatkichlar kambag‘al mamlakatlarga muammo tug‘diradi.
Izohlar