O‘zbekiston

O‘zbekistonda to‘lov tizimlari va tashkilotlari kiberjinoyatlardan himoya qiladi

Barcha to‘lov tizimlari va xizmatlari operatorlari risklarni boshqarish tizimini joriy etishlari kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda to‘lov tizimlari va tashkilotlari kiberjinoyatlardan himoya qiladi

To‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasidan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis quyi palatasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, deputatlar «Markaziy bank to‘g‘risida»gi, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi naqd pulsiz hisob-kitoblar sohasida xatarlarni boshqarishni takomillashtirishga doir qonun loyihasini birinchi va ikkinchi o‘qishda qabul qilgan.

Xususan, loyihada barcha to‘lov tizimlari va xizmatlari operatorlari risklarni boshqarish tizimini joriy etishi va Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talablarga rioya etilishini ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Qayd etilishicha, bu choralar firibgarlik va kiberjinoyatchilikning boshqa turlari xavfining oshishi bilan bog‘liq.

Rasmiylar to‘lov tashkilotlarini faoliyat sohasiga qarab toifalarga ajratishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, muhim to‘lov tashkiloti tushunchasi paydo bo‘ladi. Hujjat kuchga kirgunga qadar Senat tomonidan ma’qullanishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak.

Avvalroq rasmiylar kiberjinoyatlarga jiddiyroq yondashishi haqida xabar berilgandi. IT-texnologiyalardan foydalanish jinoyatning og‘irlashtiruvchi holati bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid