O‘zbekistonda taqiqlangan joylarda cho‘milish uchun jazo joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi muhokama uchun e’lon qilingan qonun loyihasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, suv obyektlaridagi nazorat va ushbu jarayonda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik hamon suv havzalarida fuqarolar o‘limi holatlari ko‘payib borayotgani muammosining dolzarbligini ta’minlamoqda.

Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, favqulodda vaziyatlar, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi sohasidagi amaldagi jazo choralariga aniqlik kiritilmoqda, shuningdek, suv obyektlarida xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni 204-2-modda (Suv obyektlarida xavfsizlik qoidalarini buzish) bilan to‘ldirishmoqchi. Suv obyektlarida xavfsizlik qoidalarini buzish, ya’ni akvatoriyalarda plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan suvda ommaviy dam olish joylarida aholining xavfsizligini ta’minlash, shuningdek suv obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash qoidalariga rioya etmaslik, xuddi shuningdek cho‘milish taqiqlangan joylarda cho‘milish fuqarolarga BHMning 1 baravari (412 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 3 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bir yil ichida ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng takroran sodir etilgan xuddi shunday harakatlar — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1,2 million so‘m), mansabdor shaxslarga esa 5 baravari (2 million so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Avvalroq Toshkentda cho‘milish uchun xavfli o‘nlab joylar aniqlangani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, hokimlik suv havzalarining aniq joylashuvini oshkor qilmagan, poytaxtda esa cho‘milish uchun xavfsiz joylar yetishmayapti.