O‘zbekistonda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
2025-yilda shuningdek, boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy koʻp tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etish ham koʻzda tutilgan.

2025-yilga moʻljallangan davlat dasturiga muvofiq, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish koʻzda tutilgan.
Oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari va mahalla tibbiyot punktlarida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning samarali tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar faoliyati markaziy shifoxonalarning maslahat diagnostika poliklinikasi sifatida yoʻlga qoʻyiladi.
Markazlashgan laboratoriyalar tashkil etish, shifokor qabuliga navbatni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish, shuningdek, davlat tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish — boshqa choralar qatorida.
Joriy yilda, shuningdek, viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini zarur oʻrin-joylarni (koyka) yaratgan holda boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy koʻp tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etish ham koʻzda tutilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi shifoxonada bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi Toshkentda shifokorlarni kaltaklagan shaxslarga chora ko‘rildi O‘zbekistonda 500 nafar rahbar shaxsning korrupsiyaga moyilligi tekshiriladi O‘zbekistonda xalqaro avtobus yo‘nalishlari soni 36 tadan 40 taga yetkaziladi Issiqxona gazlarini mustaqil tekshirish tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Soʻnggi yangiliklar







