Oʻzbekistonda savdoni rivojlantirish boʻyicha alohida kompaniya ochiladi
Shuningdek, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi.
Oʻzbekistonga dunyoni nufuzli 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Turizm sohasida ham katta ishlar qilindi. Tadbirkorlarning 6,5 trillion soʻm sarmoyasi bilan 24 ming oʻrinli mehmonxonalar ishga tushdi.
Kelgusi yilda mehmon oʻrinlari yana 30 mingga oshadi. Tadbirkorlar bunga 10 trillion soʻm investitsiya kiritishga tayyor.
Bu yil ishga tushgan 17 ta yirik savdo va turistik maskanga qoʻshimcha yana 25 ta shunday majmua qoʻshiladi.
Boʻstonliqda 10 milliard dollarlik “Sea Breeze” nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishib olindi. Shuningdek, mamlakatimizga dunyoni nufuzli Swissôtel, Sheraton, Ritz-Carlton, Novotel, Pullman, Marriott, ibis, Mercure kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelmoqda.
Savdoni rivojlantirish boʻyicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi. Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilishi belgilandi.
Tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion soʻmlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi.
Kelayotgan yilda yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi.
Uzoq yillardan beri davlat monopoliyasida boʻlgan yoʻllarni taʼmirlash va saqlashga xususiy sektorni jalb qilish ishlari kengaytiriladi. Bu yil 260 kilometr yoʻllarni saqlash ishlari tadbirkorlarga berildi. Kelasi yili bu 3 ming kilometrga yetkaziladi.
“Tashabbusli byudjet” doirasida yoʻllarni taʼmirlash ishlarining 92 foizi xususiy pudratchilar tomonidan amalga oshirildi. Bu 100 foizga yetkaziladi.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 86 ta tumanda quriladigan 841 kilometr yoʻllar toʻliq mahalliy pudratchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda Milliy turizm yagona platformasi ishga tushiriladi Tailandda oʻzbekistonlik ayol 6-qavatdan tushib ketdi Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi O‘zbekiston oktyabr oyida 833 mln dollarlik oltin sotdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi