O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi qabul qilinadi
Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSST ekspertlari loyihaning ilk versiyasi bo‘yicha kelishib oldi.

O‘zbekiston 2025-2035-yillarga mo‘ljallangan saraton kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiyaning nol variantini kelishib oldi va Harakatlar rejasini shakllantirishga kirishdi, deb xabar bermoqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot xizmati.
Strategiya boʻyicha ishlar Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasida onkologik xizmatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, II bosqich” tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.
JSST maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 100 mingdan ortiq odam saraton kasalligi bilan yashaydi. Har yili 20 mingdan ortiq yangi holatlar aniqlanadi.
Ularning ko’pchiligini erta aniqlash va qulay davolanish bilan oldini olish yoki davolash mumkin. Ammo tizimli yondashuvsiz bu mumkin emas. Shu bois, har bir maqsad, kelajak rejadagi har bir harakat batafsil muhokama qilindi: texnika va xodimlardan tortib, madaniy to’siqlar va jamoatchilik ishonchigacha, deb ta’kidladi JSST.
O‘zbekistonda viloyatdagi birinchi bolalar onkologiyasi Akademik xab tashkil etilishi avvalroq ma’lum qilingandi.
Izohlar