
Oʻzbekistonda sanʼatkorlar va artistlar daromad soligʻi toʻlashga majbur boʻladi
Soliq qoʻmitasi tegishli mexanizmni tayyorlamoqda.

2027-yildan sanʼatkorlar daromad soligʻi toʻlashga majbur boʻladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev maʼlum qildi.
Hozir mutasaddi idoralar sanʼatkorlardan soliq undirish mexanizmini ishlab chiqmoqda. Soliq qoʻmitasi vakilining eslatishicha, sanʼatkorlar va xonandalar oʻz daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani amaldagi tartibga muvofiq toʻldirishlari kerak.
“Sanʼatkorlarga vaziyatni oʻnglash va 2025 va 2026-yillarda daromad deklaratsiyasini topshirish imkoniyatini beramiz. Kamchiliklar boʻlsa, koʻrsatib, tuzatishga yordam beramiz. 2027-yil 1-yanvardan boshlab daromadlar toʻliq deklaratsiya qilinmagan yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlangan taqdirda, soliq tekshiruvlarini oʻtkazamiz, qarzlarni hisoblaymiz va undiramiz”, — dedi qoʻmita vakili.
Soʻnggi yangiliklar







