O‘zbekistonda Rossiya elchisi o‘zgardi
Oleg Malginov o‘rnini Aleksey Yerxov egalladi.

Vladimir Putin Oleg Malginovni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Malginov 2021-yildan beri elchi bo‘lib ishlagan. Uning o‘rniga Yerxov Aleksey Vladimirovich tayinlandi. Bungacha Aleksey Yerxov 2017 yildan beri Rossiyaning Turkiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
2020-yil fevral oyida elchi ushbu mamlakatda unga tahdidlar bo‘layotgani haqida bir necha bor bayonot bergan edi. 2025-yil 11-iyun kuni u Turkiyada jami 14 yil davom etgan ishini yakunlaganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Prilepinning respublikaning Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi so‘zlaridan so‘ng Rossiya elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgandi. Oleg Malginov rossiyalik arbobning bayonotlari haqida hisobot bergan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Zaxar Prilepinning so‘zlariga bir vaqtning o‘zida bir necha siyosiy arboblar javob qaytargan edi. Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev O‘zbekistonni zabt etishni istaganlarning barchasiga «x»ga borishni taklif qildi.
Izohlar