O‘zbekistonda Qurbon hayitini nishonlash sanasi e’lon qilindi
Prezident tegishli qarorni imzoladi.

30-may kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston musulmonlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi.
Aholining Qurbon hayitini munosib tarzda o‘tkazishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, prezident olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2025-yil 7-iyunni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilashni topshirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari qo‘mitasi, O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Turizm qo‘mitasiga Transport vazirligi bilan hamkorlikda yurtdoshlarimizning Qurbon hayiti kunlarida muqaddas ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarni ziyorat qilishlari uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.
Izohlar