O‘zbekiston

O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishlar to‘rt kun davomida amal qiladi.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan 5–8-iyun kunlari “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bayram kunlari Samarqand va Toshkent o‘rtasida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, 5, 6, 7 va 8-iyun kunlari aholi uchun “Afrosiyob” tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Safarlar jadvali quyidagicha bo‘ladi:

  • Samarqand—Toshkent: 10:55 – 13:15;
  • Toshkent—Samarqand: 13:56 – 16:14.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Qurbon hayiti munosabati bilan avtobuslar va metro erta tongdan ishlay boshlaydi. Bu barcha xohlovchilarga hayit namozida ishtirok etish uchun yo‘lni osonlashtirishi kerak.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная