O‘zbekiston

O‘zbekistonda qovunning yangi navini yaratish rejalashtirilmoqda

Takomillashtirilgan poliz ekin turi yuqori hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi.

O‘zbekistonda issiqxona sharoitida yetishtirishga moslashgan, hosildorligi yuqori va kasalliklarga chidamli qovun navlari va F1 duragaylarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi EastFruit.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tadqiqotlar Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan tashkil etilgan. Seleksiya ishlarida zamonaviy yondashuvlar, chuqur tahlil va innovatsion usullar faol qo‘llanilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan 30 dan ortiq mahalliy va xorijiy genetik kolleksiyalar, shuningdek, 10 ga yaqin seleksiya liniyalari va duragaylari o‘rganiladi. Ulardan iqlimga moslashuvchanligi, hosildorligi va tovar jozibadorligi bo‘yicha eng istiqbollilari tanlab olinadi va shu asosda qovunning yangi navlari yaratiladi.

Issiqxonalarda qovun yetishtirish nafaqat yer maydonlaridan samarali foydalanish, balki hosildorlikni ikki barobar oshirish imkonini beradi. Bir gektar maydonga 10-12 ming tupdan ziyod ko‘chat o‘tqazish, gektaridan 60 tonnagacha hosil olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya birinchi marta o‘zbek qovunlarini tizimli ravishda sotib olishni boshlaydi. Ilgari mahsulot Britaniya bozoriga sinov tariqasida yetkazib berilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная