Oʻzbekistonda qoramollarda yuqumli kasallik avj olgani haqida xabarlar tarqaldi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani sababli aholidan goʻsht sotib olmaslik soʻralgan audioxabar tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qatyd etilishicha, holat vazirlik huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamkorligida oʻrganilgan. Unga koʻra, soʻnggi olti oy davomida hududlardagi chorva mollarida biror bir kasallik aniqlanmagan.
Qoramollar sogʻlom parvarish qilinayotgani aniqlandi, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lum qilinishicha, o’rganishlar davomida tarmoqlarga sizdirilgan asossiz audioxabarlar muallifi bo’lgan shaxs ham topilgan. U Fargʻona viloyatida yashovchi ayol boʻlib, unga yolgʻon xabar berish, vahima uygʻotuvchi asoslanmagan maʼlumot tarqatish uchun qonunchilikda jazo borligi tushuntirilgan hamda mutasaddi idoralar tomonidan ogohlantirilgan.
Qo’shimcha qilinishicha, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi yoʻnalishlar jiddiy nazoratga olingan. Shuningdek, chorvachilikda yangi va zamonaviy yondashuvlar, qoramollarni sifatli yetishtirish, ularni ehtimoliy kasalliklardan saqlash boʻyicha doimiy kuzatuv oʻrnatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Sobiq vazir Aziz Voitov ustidan sud jarayoni 15 avgustda boshlanadi