26 Fevral 2025, 16:50 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda?

Statistika agentligi O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda?

E’lon qilingan tahlilga ko‘ra, O‘zbekistonda yanvar oyida yengil avtomobillar ishlab chiqarish soni kamaydi. Bu yil yanvar oyi davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt — 5 660 dona ( o‘tgan yil mos davridagidan 68 foiz ko‘p) bo‘lgan.

Shuningdek, 2025 yil yanvar oyida:

  • 2 765 dona Damas;
  • 1 978 dona Kia;
  • 1 462 dona Onix;
  • 1 334 dona Tracker;
  • 802 dona BYD;
  • 594 dona Chery;
  • 643 dona maxsus yengil avtomobillar;
  • 373 dona Haval avtomobillari ishlab chiqarildi.

Mashhur yangiliklar