
Oʻzbekistonda qattiq maishiy chiqindilar poligonlari kamayadi
Uchta tumandagi yuzlab gektar yer sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun beriladi.

Oʻzbekistonda 2030-yilgacha qattiq maishiy chiqindi poligonlari soni yarmiga qisqartiriladi, deyiladi prezident qarorida.
Maʼlumotlarga koʻra, endilikda yangi hosil boʻlgan chiqindilarni poligonlarga yubormasdan qayta ishlash yoki maksimal darajada yoqish amaliyoti joriy etiladi, bu amaliyotni aylanma iqtisodiyot sohasiga joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 2026-yildan boshlab poligonlar Ekologiya vazirligi taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasi qarorlariga tayangan holda tashkil etiladi.
Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida 30 yil muddatga chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etiladi. Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 19,87 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.
Soʻnggi yangiliklar







