O‘zbekistonda ogohlantiruvchi xabarlar, shuningdek, huquqbuzarliklarning fotosuratlari va videoyozuvlarini profilaktika inspektoriga yuborish mumkin bo‘lgan ilova paydo bo‘ladi, deyiladi hukumat qarorida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil 1 noyabrga qadar «Mening inspektorim» mobil ilovasini ishlab chiqish topshirilgan. U yerda mahalla profilaktika inspektorlari bilan onlayn muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularga huquqbuzarliklar bo‘yicha foto, audio, video xabarlar va xavotirli xabarlarni yuborish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ilova yordamida tartib posbonlari faoliyatiga baho berish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, 2026-yil yakuniga qadar soha va hududidan qat’i nazar, fuqarolarning huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi og‘zaki murojaatlarini ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat planshetlari orqali qabul qilish hamda tezkor munosabat bildirish amaliyotini joriy etish rejalashtirilgan.
Oilaviy-maishiy munosabatlarda jinoyatlarning oldini olish uchun 2026-yil 1-mayga qadar nizoli oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va monitoring qilish imkonini beruvchi «E-ijtimoiy profilaktika» axborot tizimining «E-nizoli oila» modulini joriy etish va sudlar o‘rtasida integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan mahallalarga bir nafardan mansabdor tayinlanishi xabar qilingandi. O‘zbekistonda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.




















